Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya saratonga chalingan 26 nafar g‘azolik bemorni davolash uchun qabul qiladi

Turkiya saratonga chalingan 26 nafar g‘azolik bemorni davolash uchun qabul qiladi

Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali G‘azo sektorini tark etgan yigirmadan ortiq falastinlik onkobemorlar, shu jumladan, bolalar mamlakatimizga davolanish uchun olib ketiladi, deya Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Xo‘jadan iqtibos keltirgan BBC.

Turkiya avvalroq Misrga dala shifoxonalari, tez yordam mashinalari va generatorlar ortilgan kema jo‘natgan edi. Ular G‘azodan Misr hududiga o‘tgan odamlarni davolashda ishlatilishi mo‘ljallangan.

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri chorshanba kuni saraton kasalligiga chalingan 26 nafar falastinlik Misrga evakuatsiya qilinganini aytgandi.

«Biz bu bemorlarni Turkiyaga olib kelishni rejalashtirmoqdamiz», degan u turk televideniyesidagi chiqishida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring