Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

25 ta ilondan biri egasini chaqib o‘ldirdi

25 ta ilondan biri egasini chaqib o‘ldirdi

Foto: «Desertdunes.com»

Ispaniyaning Alxesiras shahrida bir odam boqish uchun 25 ta ilonni uyiga olib kelgan. Ulardan biri egasini chaqib o‘ldirdi. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar berdi.

Ismi sir saqlanayotgan 27 yoshli ispan tezda mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Hech qanday dori yordam beravermagach, shifokorlar Ispaniya poytaxti Madrid shahridagi tibbiyot markazidan ziddi zahar berishlarini so‘radi. 29-may, juma kuni kerakli dori yetib kelgunga qadar ispan jon taslim qilgan.

Politsiya vafot etgan ispanga tegishli ilonlarni mahalliy hayvonot bog‘iga topshirdi. O‘z xo‘jayinini chaqib o‘ldirgan sudraluvchi jonivor turi aytilmagan. Faqat zaharli ilon Osiyodan keltirilgani ma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring