22 qavatli uy kattaligidagi jinsi shim tikildi (foto)
Perudagi «Mall del Sur» univermaglar tarmog‘i Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilajak dunyodagi eng katta jinsi shimni taqdim etdi.
«UPI» xabariga ko‘ra, shim 22 qavatli uyning balandligiga teng: uzunligi — 65 metr, eni — 42 metr. Bahaybat shimni tikish uchun taxminan olti tonna og‘irlikdagi 8600 metr mato sarflandi. Jinsi shimni tikish bilan 50 kishi olti oy band bo‘ldi.
San-Xuan-de-Miraflores do‘koni oldiga qo‘yilgan ushbu shim keyinchalik bo‘laklanib, qariyb 10 ming dona jinsi sumka tikiladi va ushbu do‘konda sotiladi — bular atrof-muhit uchun zarar yetkazuvchi yelim paketlarga muqobil yechim sifatida ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter