21-asr qaroqchilari: qaysi mamlakatlarning yonida suzish xavfli?
Rossiyaning dengizchilar kasaba uyushmasi boshlig‘i o‘rinbosari Igor Kovalchuk Nigeriya sohillari, Lotin Amerikasi hududi, Malakka bo‘g‘ozi va Somali yaqinida dengiz qaroqchilari juda ko‘pligini ta’kidladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«Bugungi kunda mahalliy harbiylar va huquq-tartibot organlarining barcha say’-harakatlariga qaramay eng ko‘p hodisa Nigeriyada qayd etilmoqda. Boshqa joylarda dengiz qaroqchilari bu darajada emas, asosan talonchilik bilan cheklanishadi, u yerlarda Nigeriyadagidek odamlarni garovga olishmaydi, kemalarni o‘g‘irlashmaydi», — dedi Kovalchuk.
Jahon dengiz byurosi ma’lum qilishicha, 2018-yilda dengiz qaroqchilari kemalarga 201 marta hujum uyushtirishgan — bu bir yil oldingisiga qaraganda 21 marta ko‘p. Ayniqsa, barcha akvatoriyalar orasida Gvineya bo‘g‘ozi qaroqchilarga to‘lib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter