2025-yilda yangi — «beta» avlodning ilk vakillari tug‘iladi
2025-yilda tug‘ilgan bolalar yangi — «beta» avlodning birinchi vakillariga aylanadi. Bu haqda The New York Post xabar berdi.
Kelgusi 15 yil — 2025–2039-yillarda tug‘ilganlar «beta» avlodga mansub bo‘ladi.
Futurolog Mark Makkrindlning fikricha, «beta» avlod sun’iy intellekt va avtomatlashtirish kundalik hayotga to‘liq tatbiq etilgan davrda yashaydi. Shuning barobarida, bu avlod iqlim o‘zgarishlari, global migratsiya va shiddatli urbanizatsiya (shaharlashish) kabi jiddiy ijtimoiy muammolarni ham boshdan o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi, dedi u.
Ma’lumot uchun: turli davrlarda tug‘ilganlarni alohida nomlash urf bo‘lgan*:
- 1965–1980-yillarda tug‘ilganlar — X avlod;
- 1981–1996-yillar — Y avlod;
- 1997–2010-yillar — Z avlod (yoki zumerlar);
- 2010–2024-yillar «alfa» avlod.
*Izoh: avlodlar chegarasini ko‘rsatuvchi yillar borasida turli manbalarda tafovutlar bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter