Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yilda Rossiyani 15 ming nafar millioner tark etadi

2022-yilda Rossiyani 15 ming nafar millioner tark etadi

Foto: Ruposters

2022-yilda Rossiyani 15 ming nafar millioner tark etadi, deb xabar berdi Bloomberg.

Henley&Partners ekspertlari shunday prognoz qilishmoqda.

Millionerlarni eng ko‘p jalb qilgan mamlakat esa bu yil Birlashgan Arab Amirliklari bo‘ladi — taxminan 4 ming nafar millioner, asosan rus boylari.

Puli ko‘plar Amirliklarga ketishmoqda, o‘z biznesini ochib, sarmoya kiritishmoqda. BAA bevosita rossiyalik millionerlarni ko‘proq jalb etayotganiga sabab: soliq stavkalari past, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanksiyalar yo‘q, arab amirlarining boshqa mamlakatlar qo‘ygan cheklovlar bilan ishi yo‘q.

Shunisiyam borki, Dubaydagi aksariyat xalqaro banklarning filiallari yangi mijozlarni sinchiklab tekshirishga o‘tgan, to‘lovlarni o‘tkazishda qiyinchiliklar tug‘ilishi tabiiy. Ammo bu arab diyori: kichikroq banklar rus millionlarini o‘ziga og‘dirish payida. Ular uchun ham sanksiya xavfli, biroq ishtaha ovqat paytida keladi — minglab millionerlarning milliardlari haqida gap ketyapti, axir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring