Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022 yilda AQSh politsiyasi tomonidan 1176 kishi o‘ldirilgan

2022 yilda AQSh politsiyasi tomonidan 1176 kishi o‘ldirilgan

AQSh politsiyasining shafqatsizligini kuzatib boruvchi «Mapping Police Violence» notijorat tashkiloti o‘tgan yili 1176 kishi o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida politsiyachilar tomonidan o‘ldirilganini aytdi.

Qayd etilishicha, bu odamlar otishma, kaltaklash, elektr toki urishi va hibsga olish natijasida halok bo‘lgan.

2022-yilda politsiya tomonidan o‘ldirilganlarning 287 nafari qora tanli bo‘lgan. Ma’lumotlariga ko‘ra, bu umumiy o‘lim holatlarining 24 foizini tashkil etadi. Politsiya ishtirok etgan otishmalarning 96 foizida o‘lim bilan yakunlanish holati kuzatilgan.

2021-yilda politsiya tomonidan 1145 ta shunday holat qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring