2022-yilda aksariyat mamlakatlarning oltin-valyuta zaxiralari ko‘paymadi
«RIA Novosti» yozishicha, hech bir mamlakat 2022-yilda xalqaro (oltin-valyuta) zaxiralarini sezilarli darajada ko‘paytira olmadi.
Milliy markaziy banklarning 2022-yil yanvar–oktyabr oylaridagi ma’lumotlari tahlili umumiy o‘sish $10 milliarddan oshmaganini ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili zaxiralarning eng jiddiy pasayishi Shveysariya va Xitoyda kuzatildi.
Pullik qiymatda zaxiralari $226,6 milliard (20 foiz) qisqargan Shveysariya endilikda trillioner-mamlakatlar (Xitoy-Yaponiya-Shveysariya) uchligini tark etdi, Xitoy zaxiralari esa 2022-yilning shu davrida $211,5 mlrd qisqardi.
Bu borada uchinchi mamlakat — Yaponiya (zaxiralar qisqarishi — $211,2 milliard dollar). Singapurda qisqarish — $135,6 mlrd, Hindistonda — $102,5, Rossiyada — $83,4 mlrd, Buyuk Britaniyada — $42,9 mlrd.
Foiz hisobida eng yirik qisqarish Shri-Lankaga tegishli. Og‘ir iqtisodiy inqirozni boshdan o‘tkazayotgan ushbu mamlakat 2022-yilda xalqaro zaxiralarining 46 foizidan ayrildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter