Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yilning eng yaxshi fotolari e’lon qilindi

2021-yilning eng yaxshi fotolari e’lon qilindi

Matthew Abbott / Panos Pictures, National Geographic

World Press Photo — fotojurnalistlar uchun eng nufuzli yillik mukofotdir. Bu yil g‘oliblar yangi qoidalar bo‘yicha tanlandi.

Tanlov tashkilotchilari oltita hududni aniqladilar, ularning har birida hakamlar hay’ati a’zolari to‘rtta nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi fotosuratchilarni aniqladilar.

Keyin mintaqaviy g‘oliblar orasidan global g‘oliblar tanlandi. World Press Photo 2021 g‘oliblari 7-aprel kuni e’lon qilindi.

Yil fotosi

Yo‘l bo‘ylab xochlarda osilgan bolalar liboslari. Bu Kanadaning Kamlups shahridagi maktab-internatda halok bo‘lgan bolalar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikdir. 2021-yil may oyida mahalliy xalqlar vakillari (hindular) uchun joylashgan maktab hududidan 215 nafar bolaning jasadi topilgan. Surat 2021-yil 19-iyun kuni olingan.

Amber Bracken, The New York Times

Ma’lumot uchun: bunday maktablarda 1863-1998-yillar oralig‘ida Kanada tub xalqlarining 150 000 dan ortiq farzandlari o‘qishgan. Bu bolalar o‘z oilalaridan olib qo‘yilgan, ularga o‘z ona tilida gaplashish va madaniy urf-odatlariga amal qilish taqiqlangan, yaxshi ovqat berilmagan, zo‘ravonlik, majburiy mehnatga duchor bo‘lganlar. 2015-yilda Kanada hukumati mahalliy xalqlarni majburiy assimilyasiya qilish siyosatini «madaniy genotsid» deb tan oldi va 2017-yilda bosh vazir Jastin Tryudo buning uchun rasman uzr so‘radi.

Yilning eng yaxshi foto hikoyasi

Navarddeken qabilasi vakillari Avstraliya shimolidagi Arnem-Lende  yarim orolida o‘tlarni yoqib yubormoqda.

Matthew Abbott / Panos Pictures, National Geographic
Matthew Abbott / Panos Pictures, National Geographic
Matthew Abbott / Panos Pictures, National Geographic

Avstraliyadagi mahalliy xalqlar ming yillar davomida o‘simliklarni nazorat ostida yondirib kelishgan. Ular shu tarzda kuchli o‘rmon yong‘inlarining oldini olishgan.

Mintaqaviy nominasiyalar bo‘yicha g‘olib va ​​sovrindorlar

Osiyo: eng yaxshi foto

Falastin-Isroil mojarosining qayta kuchayishi vaqtida G‘azo sektoridagi Bayt-Laxiya shahrida bolalar sham yorug‘ida o‘tirishibdi.

Fatima Shbair / Getty Images

Bu 2021-yilning may oyi boshida yuz berdi va taxminan ikki hafta davom etdi. Keyin tomonlar sulh e’lon qildi. YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida bu ikki hafta davomida 67 nafar bola halok bo‘lgan. Surat 2021-yil 25-mayda olingan.

Osiyo: eng yaxshi foto hikoya

Kobuldagi «Ariana» kinoteatri, Afg‘onistondagi boshqa kinoteatrlar singari, 2021-yil avgustda «Tolibon» hokimiyatga qaytganidan so‘ng yopildi.

Bram Janssen / AP
Bram Janssen / AP
Bram Janssen / AP
Bram Janssen / AP

Kinoteatrda ishlagan xodimlar maosh olish umidida ishga qatnashda davom etishgan. Ammo «Ariana» kinosaroyining birinchi ayol rahbari — Asita Firdavsni u yerga kiritmay qo‘yishdi.

Yevropa: eng yaxshi foto

Gretsiyaning Eubeya orolida yashovchi Panaiota Kritsiopi uyiga o‘rmon yong‘inlari yaqinlashayotgandan dahshatga tushdi.

Konstantinos Tsakalidis, Bloomberg News

Eubeyada yong‘inlar 2021 yil avgust oyida boshlangan. U bir necha hafta davom etib, orol o‘rmonlarining uchdan bir qismini yo‘q qildi. Panaiota Kritsiopining uyi oxir-oqibat yong‘indan zarar ko‘rmagan. Surat 2021 yil 8 avgustda olingan.

Yevropa: eng yaxshi foto hikoya

2021 yilda kuchli o‘rmon yong‘inlari nafaqat Gretsiyada, balki Yoqutistonda ham sodir bo‘ldi.

Nanna Heitmann / Magnum Photos
Nanna Heitmann / Magnum Photos
Nanna Heitmann / Magnum Photos
Nanna Heitmann / Magnum Photos

Yong‘in mintaqadagi 260 million gektar o‘rmonning katta qismini yo‘q qildi, bu Irlandiya yoki Gruziya davlati hududiga teng. «Grinpis Rossiya» ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 20 yil ichida Yoqutistondagi o‘rmon yong‘inlari ko‘lami, umuman, Rossiyaning tayga o‘rmonlarida doimiy ravishda o‘sib bormoqda.

Janubiy Amerikaning eng yaxshi fotosi

Politsiya xodimlari Kolumbiyaning Risaralda mintaqasidagi San-Isidro aholi punktidan odamlarni ko‘chirish vaqtida erkakni qo‘lga olishga harakat qilmoqda. Surat 2021-yil 3-martda olingan.

Vladimir Encina

2021-yil mart oyidan temir yo‘l qurilishi tufayli odamlar San-Isidrodan quvib chiqarila boshlandi. Bu jiddiy noroziliklarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘nggina rasmiylar San-Isidro aholisiga yangi uy-joy va tovon puli va’da qildi. Ular vaqtinchalik boshpanalarga ko‘chirilgan, biroq hanuzgacha ularning doimiy yashash joyi yo‘q.

Janubiy Amerikaning eng yaxshi foto hikoyasi

2020 yil avgust oyida Buenos-Ayreslik 12 yoshli Antonella uzun sochlarini koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan maktablar qayta ochilsa kesishga va’da beradi.

Irina Werning / Pulitzer Center
Irina Werning / Pulitzer Center

Qiz qariyb bir yil uyida o‘qidi va 2021-yilning sentyabrida, maktabga qaytish oldidan va’dasini bajaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring