2020-yilda sayyohlar uchun eng xavfli va eng maqbul mamlakatlar
«International SOS» tibbiyot va xavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, 2020-yilda Liviya va Somali sayyohlar uchun eng xavfli mamlakatga aylanadi, deb xabar beradi «Regnum».
Ekspertlar davlatlarni uchta omilga ko‘ra baholashdi: tibbiyot, shaxsiy xavfsizlik va yo‘llardagi xatar. Janubiy Sudan, Gvineya, Liberiya, MAR, Serra-Leone, Niger va Eritreyaga borishga qaror qilgan sayyohlar sog‘ligi katta xavf ostida qoladi; Suriya, Afg‘oniston, Iroq, Somali, Yaman, Nigeriya va Liviya kabi davlatlar shaxsiy xavfsizlikka katta tahdid soladi; Venesuela, Saudiya Arabistoni, Dominikana Respublikasi, Tailand, Vetnam va Afrikaning ko‘pgina mamlakatlarida YTH jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
Mutaxassislar, shuningdek, sayohat qilish uchun eng qulay mamlakatlarni ham aniqlashdi: Finlyandiya, Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Daniya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter