2020-yilda eng gavjum bo‘lgan aeroportlar uchligi (foto)

Istambuldagi xalqaro aeroport.
Bloomberg xabariga ko‘ra, Istambuldagi xalqaro aeroport 2020-yilda eng gavjum bo‘lgan aeroport deb tan olindi.
Reytingning ikkinchi qatorini Ruassi – Parijdagi Sharl de Goll aeroporti, uchinchi o‘rinni – Londondagi Xitrou aeroporti egallagan. Shuningdek, eng gavjum aeroportlarning beshtaligiga Amsterdamning Spixpol va Moskvaning Sheremetevo aeroportlari ham kirgan.


Ta’kidlanishicha, 2020 yilda aeroportning yo‘lovchilar tashish hajmi 73 foizga kamayganligi sababli birinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa tushib qolgan. Agar 2019 yilda Xitrouga 81 million yo‘lovchi tashrif buyurgan bo‘lsa, 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli atigi 22,1 million kishi tashrif buyurgan. Bundan tashqari, aeroportning ishlashiga Buyuk Britaniyada qayd etilgan infeksiyaning yangi holati salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter