Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yilning eng omadli va omadsiz milliarderlari kimlar?

2019-yilning eng omadli va omadsiz milliarderlari kimlar?

Foto: «Medium.com»

2019-yil natijalarini muqoyasa qilgan «Forbes» jurnali eng omadli va omadsiz milliarderlar ro‘yxatini e’lon qildi.

«Muvaffaqiyatlilar» reytingini sayyoramizning uchinchi boy insoni — Bernar Arno boshqarmoqda. Yakuniga yetayotgan 2019-yilda fransuz tadbirkorining boyligiga 40 milliard dollar qo‘shildi va uning jami boyligi 100 milliard dollardan oshdi.

Bernar Arno. Foto: «Trust.ua»

«Facebook» asoschisi Mark Sukerberg 2-o‘rinda: uning boyligi 22,1 milliard dollarga ko‘paydi. Eng omadli boylar reytingi uchligini «Inditex» asoschisi va rahbari, yirik do‘konlar tarmog‘i sohibi Amansio Ortega yopib berdi: u qo‘shimcha 17,3 milliard dollarli bo‘ldi.

Endi «omadsizlar» haqida. «Amazon» asoschisi va rahbari Jeff Bezos uchun 2019-yil xayrli kelmadi, xotini bilan ajrashdi, ekspertlar ayni shu oilaviy inqiroz oqibatida milliarder 13,1 milliard yo‘qotganini ta’kidlashgan.

Jeff Bezos sobiq xotini Makkenzi Bezos bilan. Foto: «Insider»

Hindistonlik saxovatpesha inson, «Wipro Limited» texnokompaniyasi rahbari Azim Premji undan ham ko‘p — 14,1 milliard dollar yo‘qotdi. Azim Premjining qanchalik qo‘li ochiq inson ekanini mana bu havoladan ham bilib olishingiz mumkin.

Uning vatandoshi «Essel Group» mediakonglomerati boshlig‘i Subhash Chandra esa $3,4 milliardidan ayrildi — uchinchi o‘rin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring