160 mingta tovuq yo‘q qilindi — Shvetsiya
Shvetsiyadagi tuxum yetishtiruvchi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan birida salmonellyoz kasalligi tarqalgani sababli 160 mingta tovuq yo‘q qilindi. Bu haqda TT agentligi xabar berdi.
Agentlik xabarga ko‘ra, ushbu korxonada parrandalarning yuqumli kasalligi yanvar oyida birinchi marta aniqlangan, shundan so‘ng mamlakat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi barcha parrandachilik fabrikalarini qattiq nazoratga olgandi.
Yanvar oyida salmonellyoz tufayli 165 mingta tovuq yo‘q qilingandi. Hafta boshida Shvetsiyadagi ayrim savdo tarmoqlari shu sababli tovuq tuxumlari partiyasini qaytarib olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter