16 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi
Rossiyaning Irkutsk viloyati Oktyabr tuman sudi O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan «qamoqqa olish»ehtiyot chorasini qo‘lladi. Ayol keyinchalik O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi uchun 40 sutka hibsga olingan.
66 yoshli ayol giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun 2008-yildan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgani aytilmoqda.
Ayol shu kunga qadar Rossiya hududida yashirinib kelgan.
«U ilgari ham xuddi shunday jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlangan», – deb xabar beradi Irkutskning Oktyabrskiy tuman sudi matbuot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter