Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11 nafar chaqaloqning o‘limi ortidan vazir iste’foga chiqdi

11 nafar chaqaloqning o‘limi ortidan vazir iste’foga chiqdi

Foto: Khaled Abdullah/Reuters

Tunis sog‘liqni saqlash vaziri Abdel Rauf ash-Sharif akusherlik va neonatologiya markazida 11 nafar chaqaloqning o‘limi sabab iste’fo berdi.

Go‘daklar bir sutka davomida, 7-8-mart oralig‘ida mamlakat tumanlaridagi akusherlik va neonatologiya markazida vafot etishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning o‘limiga septik shok sabab bo‘lgan.

Mamlakat bosh vaziri sog‘liqni saqlash tizimi rahbari iste’fosini qabul qildi.

Vazirlik tizimida hodisa sabablarini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring