Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

108 yoshli sartarosh vafot etdi

108 yoshli sartarosh vafot etdi

Foto: «Nypost»

Nyu-Yorkda Entoni Manchinelli vafot etdi. Uning nomi dunyodagi eng keksa sartarosh sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan, deb xabar berdi «New York Post».

Ma’lumotlarga ko‘ra, Manchinelli hayotdan ko‘z yumganda 108 yoshda bo‘lgan. Joriy yilning iyul oyida u ahvoli yomonlashgani uchun shifoxonaga tushgan. Bungacha sartarosh o‘zining «Entoni» nomli barbershopida 40 yil faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, boshqa salonlarda ham uning xizmatiga talab katta bo‘lgan.

Umri davomida u o‘z ishining ustasi sifatida haqiqiy e’tirofga sazovor bo‘lgan. Uning soch olishini tomosha qilish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan sayyohlar kelishgan. Nashrning yozishicha, Manchinellining 69 yoshli turmush o‘rtog‘i, to‘ng‘ich o‘g‘li hamda yetti nafar opa-ukasi bor.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring