Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10-qavatdan tushib ketgan 3 yashar qizcha tirik qoldi

10-qavatdan tushib ketgan 3 yashar qizcha tirik qoldi

Foto: «Rosbalt»

Shyolkovoda 3 yashar qizcha kvartira derazasidan tushib ketdi. Yaxshiyamki, hodisa fojia bilan tugamagan. Ayni paytda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi «Rosbalt».

Ma’lumotda keltirilishicha, qizcha kvartirada buvisi bilan birga bo‘lgan. Qisqa vaqt oralig‘ida yolg‘iz qolgan qizcha balkonga o‘tadi, stulga chiqadi va 10-qavatdan tushib ketadi.

Go‘dak yiqilish oqibatida jiddiy jarohatlar olishiga qaramay, tirik qolgan. U oshqozon, ko‘krak qafasi va bosh miya jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring