Yurak urishini «eshituvchi» lampochka ishlab chiqildi
«Sengled» kompaniyasi CES 2022 ko‘rgazmasida ko‘plab yangi mahsulotlarini namoyish etdi. Eng diqqatga sazovor yangiligi — Smart Health Monitoring lampasi.
Sengled Smart Health Monitoring Light — Wi-Fi va Bluetoothga ulanib ishlovchi lampochka. O‘rnatilgan radiolokatsiya texnologiyasi yordamida u inson yurak urishini kuzatib bora oladi. Bundan tashqari, sizning uyqungiz, hatto tana haroratingiz monitoringini ham o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Lampa yakka yoki tarmoq vositasida boshqa lampalar bilan uyg‘unlikda ishlaydi. U, masalan, xonadagi inson yiqilib tushganigacha aniqlaydi. Bu shoshilinch tez yordamga xabar yuborishda qo‘l kelishi mumkin.
Mahsulot hozircha ishlanish jarayonida, shu sababli narxi ham e’lon qilinmagan. Ammo ishlab chiqaruvchining va’da berishicha, 2022-yilning so‘nggi choragida tayyor mahsulot savdoda paydo bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter