«YouTube» xakerlar hujumiga uchradi. Eng mashhur musiqiy klip o‘chirib tashlandi
O‘zini «Prosox and Kuroi’sh» deb nomlagan xakerlar guruhi «YouTube» videoxostingidagi eng mashhur musiqiy klipni o‘chirib tashladi, deb xabar beradi «Hi-News».
Xakerlar 5 milliard martadan ortiq tomosha qilingan Luis Fonsi hamda Deddi Yanki ijrosidagi «Despacito» qo‘shig‘ini «Falastinni ozod qiling» so‘zlari yangragan o‘z klipiga almashtirib qo‘ygan, birozdan so‘ng esa rolik videoxosting maydonchasidan butunlay yo‘qolib qolgan.
Shuningdek, xakerlar hujumi oqibatida Shakira, Teylor Svift, Selena Gomes va Dreyk kabi mashhur xonandalar ijrosidagi qo‘shiqlarning nomi ham o‘zgartirilgan. Ushbu roliklarning barchasi «Vevo» tarkibiga kiradi.
«YouTube» hamda «Vevo» kanali rahbariyati hozircha vaziyatga izoh bermadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter