«Yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz...» (video)
O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing, deb yozadi AKT vaziri Sherzod Shermatov.
Vazirning qayd etishicha, prezident topshirig‘iga ko‘ra xalqaro tajribani o‘rganish asosida «ayti» kompaniyalari uchun alohida soliq muhiti yaratilganidan beri «ayti» xizmatlari eksporti 50 barobardan ziyodga ortdi, ushbu korxonalarda eksport bo‘yicha ishlaydigan xodimlar soni 9 karra o‘sdi. Ya’ni, ular o‘z oilasi bilan o‘z yurtlarida yashab axborot texnologiyalari orqali chet elga xizmat ko‘rsatib, yaxshi daromad olmoqdalar.
«Asosiysi, «ayti» kompaniyalar ushbu yaratilgan imkoniyatlarga ishonch bildirmoqdalar va IT-park rezidentlari soni ortib bormoqda. Prezidentimizning IT-park majmuasiga ushbu tashrifi soha kompaniyalarining ishonchi yanada ortishiga yordam berishi aniq. Endi navbatdagi vazifa — ko‘proq yoshlarimizni «ayti» sohasida hamda chet tillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga undash. Shundagina biz kelgusida axborot texnologiyalaridan foydalanib, xizmatlar eksportini yanada yuqori darajaga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz», ta’kidlaydi Sherzod Shermatov.
Tashrif haqida batafsil ushbu videoda ko‘ring.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter