Yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalar tezkor internet bilan ta’minlanadi
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ham belgilab berilgan.
Bunda:
- keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish;
- yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta’minlash;
- 800 ming keng polosali ulanish abonent portlarini o‘rnatish;
- ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish;
- 40 ta server qurilmasi va 5 ta komplekt ma’lumotlarni saqlash tizimini o‘rnatish;
- mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish;
- olis aholi yashash joylarida mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish orqali 2 mingdan ziyod baza stansiyalarini qurish va modernizatsiya qilish;
- optik tolali aloqa liniyalari tarmoqlarini qurish;
- FTTx texnologiyasi orqali 12 000 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish;
- loyihani amalga oshirish natijasida aholiga sifatli keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter