«Yangi sovuq urush — raqamli ko‘rinishda» — Xitoy va AQSh munosabatlari haqida
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi zamirida iqtisodiy ustunlik emas, balki yangi texnologik inqilobni boshqarish uchun kurash ketmoqda. «REGNUM» yozishicha, bugun, 30-sentyabr kuni Xitoy milliy universiteti qoshidagi Yevropa tadqiqotlari markazi hamda Xalqaro munosabatlar instituti direktori Van Ivey Sochidagi «Valday» klubidagi yig‘ilishda buni ta’kidlagan.
«Hozir texnologik inqiloblarni Amerika kompaniyalari emas, aynan sharq kompaniyalari amalga oshiryapti. AQSh va Xitoy o‘rtasidagi urush savdo uchun emas. Aynan kim texnologik inqilobni boshqarishi uchun kechmoqda», — dedi Ivey.
Uning aytishicha, AQSh-Xitoy savdo urushi — sovuq urushning yangicha ko‘rinishi, biroq bu yerda harbiy poyga emas, texnologik janglar ketmoqda.
«Hatto «Huawei» rahbari ham hozir yangi sovuq urush ketayotganini, faqat raqamli ko‘rinishda ekanini aytgandi», — qo‘shimcha qildi Ivey.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter