Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga «Tyeleradio uzatish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi joylashtirildi.

Ushbu qonun teleradio uzatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunga ko‘ra, yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy kompaniyalar va chet el fuqarolari teleradiouzatish tashkilotlarini tuzishga haqlidir. Bunda ularning umumiy ulushi 30 foizdan oshmasligi kerak.

Qayd etilishicha, teleradio uzatish sohasidagi litsenziyalashni Teleradio uzatish Kengashi amalga oshiradi. Kengash tomonidan litsenziya 10 yil muddatgacha berilishi mumkin.

Qonun 38 moddani o‘z ichiga olgan bo‘lib, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tayyorlangan.

Muhokama 2019 yilning 18 oktyabriga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring