Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi era. Innovatsiyalar dunyoni yanada yaxshilashga xizmat qiladi

Yangi era. Innovatsiyalar dunyoni yanada yaxshilashga xizmat qiladi

Yuqori texnologiyalar davrida yashayapmiz.

Foto: «Shutterstock.com»

Avvallari odamlar texnologiya deganda murakkab narsani tushungan bo‘lsa, hozir inson hayotining barcha bo‘g‘inlariga innovatsion yechimlar kirib bordi. Insoniyat ekologiya, sog‘liqni saqlash, ilm-fan va texnika rivojlanishida haqiqiy inqilobga guvoh bo‘lmoqda. Ularning aksariyati hayotimiz sifatini yaxshilashga va mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan. Shu bilan birga, ko‘plab qiziqarli tashabbuslar biznes tarafidan amalga oshirilyapti: ular iste’molchilar hayotini tubdan o‘zgartirish va yaxshilashga intilayotgan transmilliy kompaniyalardir.

Benzin o‘rniga elektr energiyasi

Ekologik muammolarni hal etishda zamonaviy avtomobil sanoatining rivojlanishi katta hissa qo‘shyapti. Yildan yilga ushbu sohadagi innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyoj kuchayib boryapti. O‘tgan o‘n yil ichida avtomobilsozlik sanoati texnologik jihozlash va atmosferaga zararli chiqindilarni tarqatish sohasida yuqori o‘sishlarni amalga oshirdi.

Detroit Electris SP:01.
Foto: «Detroit Electris»

Rivojlangan mamlakatlarda avtomobillarning atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’siriga jiddiy qaralyapti, shu sababli ishlab chiqaruvchilar muammoga nostandart yechimlarni taklif qilishmoqda. Masalan, «Volvo» kompaniyasi 2019-yildan boshlab an’anaviy ichki yonuv dvigatelli mashina ishlab chiqarmasligini baralla e’lon qildi. Ikki yildan so‘ng kompaniya uch turdagi avtomobillarni ishlab chiqaradi: mutlaq elektrlashtirilgan, «plagin-gibrid» (oddiy gibrid mashinalardan o‘zining kuchli elektromotori va keng sig‘imli akkumulyatori bilan ajralib turuvchi) hamda «yumshoq gibrid» (bunda benzin dvigateli elektromotordan ustun).

Ushbu bayonot ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan avtomobillar davrining yakunlanishiga olib keladi. Odamlar borgan sari elektrodvigatelli avtomobillarni sotib olishni xohlamoqda va biz joriy hamda kelgusi yillarda mijozlarimiz ehtiyojini qondirishni istaymiz.

Xakan Samuelsson, «Volvo Sars» bosh direktori

Dunyo tendensiyalarini hisobga olgan holda, «Volvo»ning qarori yaqin kelajakda boshqa ishlab chiqaruvchilarni atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan avtomobil ishlab chiqarishga rag‘batlantirishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchilar yangi avtomobillarning ekologik tozaligini ta’minlash bilan birga, ularning avtonom harakatlanishda ancha xavfsiz bo‘lishini ta’minlashga harakat qilmoqda. Masalan, «Nissan» kompaniyasining prezidenti va bosh ijrochi direktori Karlos Gon AQShdagi «Consumer Electronics Show 2017» (CES 2017)da «Seamless Autonomous Mobility» (SAM) deb nomlangan yangi texnologiyani taqdim etdi. Bu texnologiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri «to‘siqsiz avtonom mobillik» deya tarjima qilinadi. Ushbu haydovchisiz boshqariladigan texnologiyaning o‘z raqiblaridan farqi u yo‘ldagi har qanday kutilmagan vaziyatni tirik operator va sun’iy intellekt yordamida hal qiladi.

Bunga «Nissan» robot-avtomobil yo‘ldagi vaziyatni taniy olmasligini misol qilib keltirdi. Masalan, avariya holatida avtomobillar harakati yo‘l harakat xavfsizligi xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Bunday hollarda aqlli avtomobil boshqaruvni vaqtincha mobil menejerga topshiradi, u esa mashinadagi radar, sensor va kamera ma’lumotlari yordamida aylanib o‘tish marshrutini «chizib berib» kerakli qarorni qabul qiladi. Natijada kompyuter tahlili va menejerning harakati barcha SAM avtomobillariga yuboriladi, bu esa ularda tizimni «mustaqil o‘rganish» jarayonini ta’minlaydi. Qiziq jihati, texnologiya «NASA»ning virtual tadqiqotni masofadan turib boshqarishga mo‘ljallangan «Visual Environment for Remote Virtual Exploration» (VERVE) dasturi asosida yaratilgan. Ishlab chiquvchilar SAMni barcha avtonom tizimga ega avtomobillarga o‘rnatishga erishmoqchi, bu esa ushbu sanoatning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Ertangi kun quruvchilari

Innovatsion jarayonlar va shablonlardan ajralib chiqish holati boshqa sohalarda ham mavjud. Bir qarashda ularning yuqori texnologiyalar bilan hech qanday aloqasi yo‘qdek. Masalan, ikki yil oldin «LEGO» kompaniyasi o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishda plastikdan foydalanishni tugatib, 2030-yilga qadar boshqa barqaror materiallarni qo‘llash niyatida ekanligini bildirgan. Ushbu maqsadga erishish uchun kompaniya Daniyadagi ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish markaziga salkam 150 millon dollar sarmoya kiritgan. Hozirda bu masala ustida yuzdan ortiq mutaxassis ish olib bormoqda.

Bo‘laklardagi san’at.
Foto: «LEGO Group»

Bizning vazifamiz ertangi kunning quruvchilarni ilhomlantirish va rivojlantirishdir. Bizning asosiy ishimiz bolalarga ijodiy o‘yin tajribasini taqdim etish. Kiritilgan sarmoyalar — bu bizning kelajak avlod amal qiladigan ijobiy iz qoldirishga bel bog‘laganimizni bildiradi.

 Keld Kirk Kristiansen, «LEGO Group» kompaniyasi egasi

Kompaniya o‘z niyatlarini harakatlari bilan isotlab ulgurdi: bir necha yil oldin «LEGO» yirik neft kompaniyasi «Shell» bilan hamkorlikni to‘xtatdi, shuningdek, shamol energetikasi fermalarini rivojlantirishga sarmoya kiritdi.

«LEGO» o‘z tadqiqot markazidan tashqari dunyodagi notijorat tashkilotlar va universitetlar bilan birgalikda yangi ekologik xavfsiz materiallarni aniqlash uchun ishlamoqda.

Zararning kamayishi

Oziq-ovqat sanoati ham bir joyda turgani yo‘q: an’anaviy zararli yegulik va ichimliklarni ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari uchun ancha yaxshiroq masalliqlarni qidirishga tushdi. Bunga yoqin misollardan biri «Coca Cola» kompaniyasi hisoblanadi, u o‘zining gazli ichimliklarida shakar va uning o‘rnini bosuvchilardan voz kechdi.

Bugungi kunda shakarni ortiqcha iste’mol qilish zarar ekanligi barchaga ma’lum. Shu bois yuqori kaloriyali ichimliklar ishlab chiqaruvchilarning imiji aziyat chekmoqda, natijada savdo hajmida pasayish kuzatilyapti. Shakar o‘rnini bosuvchi sun’iy mahsulotlar muammoni hal qilmaydi, chunki ularning mutlaq xavfsiz ekani hamon to‘liq isbotlanmagan.

Vaziyatdan chiqish uchun «Coca Cola Sweetener Challenge» karudsorsing tanlovini e’lon qildi, g‘olibga kompaniya 1 million dollar mukofot beradi.

Tanlovning maqsadi — ichimliklarda ishlatish mumkin bo‘ladigan, tabiiy, xavfsiz, past kaloriyali yoki kaloriyasiz birikmani qidirib topishdan iborat. Kompaniya dunyoda bu masalada o‘ziga yordam beradigan kimdir borligiga ishonmoqda.

«Biz doim yangi, yanada yaxshiroq masalliqlarni qidiramiz va turfa g‘oyalar turli tarafdan kelishi mumkinligini bilamiz. Ushbu tanlov o‘zimiz xohlagandek ichimlikni yaratishga harakat qilayotganimizni, shuningdek, shakar o‘rniga uning muqobilini topishda kompaniyadan tashqariga chiqishga tayyor ekanligimizni ko‘rsatadi», — dedi «GEO» kompaniyasi rahbari Robert Long.

Muvaffaqiyatga erishilgan taqdirda, balki sog‘liqni saqlash sohasidagi ekspertlar ichimlikka bo‘lgan o‘z qarashlarini o‘zgartirar.

Qanchalik ishonish qiyin bo‘lmasin, tamaki sanoati ham iste’molchining sog‘ligiga yetadigan zararni innovatsion texnologiyalar orqali hal etishga harakat qilmoqda. Dunyodagi eng yirik tamaki ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri «Philip Morris International» (PMI) o‘tgan yili innovatsion mahsulotlar hisobiga an’anaviy tamaki ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkinligini ma’lum qildi. Kompaniya bosh direktori Andre Kalantzopulosning aytishicha, PMI mahsulotlari inson sog‘ligiga zarar yetkazadi. Kompaniyaning asosiy maqsadi — yomon odatdan qutilishni istamagan chekuvchilarga tutunsiz hamda ancha xavfsizroq mahsulotni taklif qilishdan iborat. Ulardan biri — IQOS bo‘lib, u tamakini yoqmaydi, balki qizdiradigan muqobildir. Kompaniya o‘zining ilmiy tadqiqotlariga tayanib ma’lum qilishicha, ushbu mahsulotdan ajralib chiqadigan aerozol oddiy sigaretdan ajraladigan tutunga nisbatan 90-95 foizga kamroq.

IQOS hozirda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida sotilmoqda, 4 millionga yaqin chekuvchi sigaret o‘rniga ushbu yangi mahsulotdan foydalanishni ma’qul ko‘ryapti.

Mahsulotlarning tobora ommalashib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, tutunsiz mahsulotlar yaqin kelajakda an’anaviy sigaretlarni siqib chiqarishi mumkin.

Uy yordamchilari

Xatarlarni kamaytirish va inson hayotini yaxshilashga bir qarashda hech qanday xavf tug‘dirmaydigan kompaniyalar ham katta hissa qo‘shmoqda.

Masalan, an’anaviy yuqori texnologik kompaniyalar aholining ijtimoiy muhofazaga layoqati bo‘lmagan odamlarning hayotini yengillashtirish maqsadida innovatsiyalardan foydalanishi mumkin. IBM Amerikaning Rays universiteti bilan birgalikda kelajakda keksa insonlarga foydasi tegadigan robot-yordamchilar ustida ish olib bormoqda. Hozirda uning prototipi yaratilgan: uning nomi «IBM MERA».

«IBM MERA» — keksalar ko‘makchisi.
Foto: «Ibm.com»

Uning sensorlari ovozni, hidni, harakatni sezishga qodir, shuningdek, atrofdagi vaziyat insonga xavf tug‘dirishi mumkinligini tahlil qila oladi. Robotning datchiklari pechkaning isitgichlari yoniqligini yoki odam yiqilib tushganini payqashi mumkin. «MERA» prototipiga odamning yuz harakatlarini o‘qiydigan kameralar, nutqni anlay oladigan va hayotiy muhim funksiyalarni payqay oladigan datchiklar o‘rnatilgan. Dasturchilar ushbu robot ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qolishiga va yolg‘iz odamlarga sherik bo‘lishiga umid bildirmoqda.

Bu misollar zamonaviy dunyoda yangiliklarning dolzarbligini tasdiqlaydi. Texnologiyalar geometrik progress tezligini rivojlanmoqda. Biroq eng muhimi — inson bularning barchasini kerakli tomonga yo‘naltira olishida. Texnologik yangiliklar kompaniyalarga narsalarni yanada qulay va arzon taqdim etishga, atrof-muhitga yetkaziladigan zararni kamaytirishga va haqiqatda inqilobiy mahsulotlarni ishlab chiqishlarida yordam berdi.

Innovasiyalar dunyoni yanada yaxshilashga xizmat qiladi

Foydali fikrlar va tashabbuslar jamiyatda qanchalik ko‘p bo‘lsa, aholi turmush darajasining oshishiga ko‘proq xizmat qiladi: sog‘liqni saqlash, kundalik hayotda va boshqa sohalarda. Ilm-fan va texnologiyalarni yangi bosqichga olib chiqishni istayotgan kompaniyalar doim har tomonlama rag‘batlantirilishi kerak, bu esa hayotimizni yaxshilashga yordam beradigan yangiliklarni yanada arzonroq bo‘lishini ta’minlaydi.   

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring