Yangi ayfonga talab katta — qo‘shimcha kuch kerak
Inqirozga qaramasdan, yangi flagman — «iPhone 12» savdosi yaxshi ketyapti. Hatto ayrim mamlakatlarda ayfonlar taqchilligi yuzaga kelgan, «Apple»ni butlovchi qismlar bilan ta’minlovchi kompaniyalarga ish ko‘paygandan-ko‘paygan, deb yozmoqda «Ferra.ru».
Soha manbalariga ko‘ra, «iPhone» ta’minotchilari ayrim bozorlardagi cheklangan zaxiralar muammosini hal etish ustida bosh qotirishmoqda. Negaki, ayrim mintaqalarga oldindan buyurtma qilingan smartfonlar 2-3, ba’zida 3-4 hafta kech yetib boryapti. Buning sababi — mahalliy operatorlar tomonidan buyurtmalarning kattaligi.
Ayfonni yig‘ishda ishtirokchi-sherik kompaniyalar — «Foxconn» va «Pegatron», shuningdek, Genius Electronic Optical (GEO) kamerasi modullarini yetkazib beruvchisi qo‘shimcha ish soatlari joriy etib, ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida yangi ishchilar yollamoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter