Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portalda STIRga oid xizmatlar to‘xtatiladi

Yagona portalda STIRga oid xizmatlar to‘xtatiladi

Avval xabar berilganidek, 2021 yilning 1 iyulidan boshlab soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish bekor qilinadi.

Endilikda soliq organlarida soliq to‘lovchilar hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi «Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6191-sonli Farmonida belgilangan.

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 1 iyulidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan «STIR ochish», «Soliq to‘lovchining – hisobga qo‘yilgan ma’lumotlarini o‘zgartirish» xizmatlarini ko‘rsatish to‘xtatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring