Xitoyda ayfon ishlab chiqarish to‘xtatildi
Tayvanning «Pegatron» kompaniyasi — iPhone, iPad va boshqa texnikalar ishlab chiqaruvchisi Xitoydagi zavodlarini to‘xtatdi. Sababi — zavodlar joylashgan hududlar koronavirus o‘chog‘ida qolib ketgan.
«Pegatron» XXR hukumatining kovidni tiyishga qaratilgan qat’iy talablariga bo‘ysunishga majbur, deb yozdi «Nikkei Asia». Oqibatda Shanxay va Kunshandagi ayfon yig‘uvchi zavodlar noma’lum muddatga to‘xatildi.
Shuningdek, Macbook noutbuklarining ayrim modellarini ishlab chiqaruvchi «Quanta» kompaniyasi ham kovid-cheklovlar sababli Shanxaydagi zavodlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Xitoydagi to‘xtash nafaqat «Pegatron», balki «Apple»ga ham katta ziyon. Chunki, «Nikkei Asia» yozishicha, jami ayfonlarning 20-30 foizi Tayvan firmasi tomonidan tayyorlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter