Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy muqobil energiyadan foydalanish bo‘yicha dunyoda yetakchisiga aylanadimi?

Xitoy muqobil energiyadan foydalanish bo‘yicha dunyoda yetakchisiga aylanadimi?

Foto: «Hi-News»

«Institute for Energy Economics and Financial Analysis» (IEEFA) institutining hisobotida keltirilishicha, 2017 yilda Xitoyda toza energiya yaratish loyihalari uchun 44 milliard dollar sarmoya kiritilgan, 2016 yilda ushbu ko‘rsatgich 32 milliard dollarga teng edi, deb xabar berdi «Hi-News».

Hisobotning yetakchi muallifi Tim Baklining so‘zlariga ko‘ra, AQShning ekologiya bo‘yicha Parij shartnomasidan chiqish bo‘yicha qarori Xitoyda qayta tiklanuvchi energiyaga bo‘lgan talabning oshishiga katalizator bo‘lib xizmat qilgan.

Mamlakatda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samarasiga qaramay, Xitoy hamon yoqilg‘iga qaramlikdan qutula olgan emas. Xitoy energetikasining asosiy qismi hozirgacha asosan ko‘mirdan foydalanib keladi. 

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda mamlakatda muqobil energiyaga o‘tish ishlari ancha jadallashgan bo‘lishiga qaramay, mamlakatda hamon ob-havoning ifloslanishi yuqori darajada. Shu sababli Xitoy hukumati yangi standartlarda javob bermaydigan zavodlarning salkam 40 foizini yopishga qaror qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring