Xitoy marsoxodi 2020 yilgi parvozga tayyor bo‘ldi
![Xitoy marsoxodi 2020 yilgi parvozga tayyor bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1363266797.jpg)
Xitoyda 2020-yilgi Mars missiyasiga qurilayotgan marsoxod tayyor holatga keldi. Bo‘lg‘usi missiya orbital apparat, marsoxod va qo‘ndiruvchi modulni o‘z ichiga oladi.
«Tadqiqotdan bosh maqsad Marsda hayot alomatlarini qidirishdir», — «Global Times» gazetasi Xitoy Oy dasturi ilmiy rahbari Ouyan Sziyuandan iqtibos keltirmoqda. Qolaversa, Mars atmosferasi, landshafti va kelgusida odamlar borib yashashi uchun sayyora qanchalik salohiyatga egaligi o‘rganiladi.
Eslatib o‘tamiz, Marsga NASA yuborgan «Opportunity» marsoxodi 2018-yilning 30-mayida boshlanib uch oy davom etgan qum bo‘roniga dosh berolmagandi — quyosh batareyalari qumga ko‘milib qolgan «Opportunity» quvvatsizlikdan to‘xtab qolgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter