Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy 5G-internetiga besh baho

Xitoy 5G-internetiga besh baho

Foto: Ferra

Xitoy hukumati aql bovar qilmas raqamlarni e’lon qildi: mamlakatda 5G-internetdan foydalanayotganlar soni 851 million nafarga yaqinlashdi. Smartfon ishlatayotgan xitoyliklarning qariyb yarmi!

Bu aloqa standarti Xitoyda o‘z nomiga mos «5G-tezlik»da rivojlanmoqda. Bir yil ichida foydalanuvchilar soni 48,8 foiz ko‘paygan. Trafik umumiy hajmi esa 16,6 foiz sakradi.

Uch yetakchi aloqa operatori yanada tezroq 5G-internet — 5G-A ni sinovdan o‘tkazishga kirishgan. China Mobile rahbari aytishicha, aynan 5G-A yangi avlod — 6G texnologiyasiga o‘tishda ko‘prik vazifasini bajaradi.

Amaldagi 2024-yilning o‘zidayoq 5G-A tarmoqlari Xitoyning 300 dan ziyod shahrida ishlay boshlaydi. 6G qachon ishga tushishi noma’lum, taxmin qilishga urinib ko‘ramiz, buning nimaligini birinchi bo‘lib xitoyliklar «tatib ko‘radi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring