Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xiaomi Mi 8»: Barmoq izi skaneri displey ostiga joylashtirilgan navbatdagi smartfon (video)

«Xiaomi Mi 8»: Barmoq izi skaneri displey ostiga joylashtirilgan navbatdagi smartfon (video)

Foto: «NV.ua»

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida displeyiga daktoloskopik skaner o‘rnatilgan «Xiaomi» smartfonining videosi paydo bo‘ldi. Rolik nomidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, model «Xiaomi Mi 8» deb ataladi. Bu haqda «NV.ua» xabar berdi.

31 may kuni «Xiaomi» «Mi» flagmanlar liniyasiga oid navbatdagi avlod smartfoniga bag‘ishlangan matbuot anjumanini o‘tkazadi. Hozircha smartfon aynan qanday nomlanishi noma’lum: «Xiaomi Mi7» yoki «Xiaomi Mi8».

Qisqa rolik yangi «Xiaomi» smartfonini va uning eng asosiy xususiyati — ekran ichiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri funksiyasini namoyish etadi. Videoga ko‘ra, barmoq izi skaneri datchigi o‘zining yuqori tezligi bilan ajralib turadi.

Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarda smartfonga 8 yadroli «Snapdragon 845» protsessori, «Adreno 630» grafik tezlashtirgichi, shuningdek, 6 yoki 8 gigabayt tezkor xotira o‘rnatilishi aytilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring