«Xazina» kompyuter. Ham uyingni isitasan, ham oyiga 900 dollar ishlab topasan
«The Next Web» nashri muharrirlari uyiga «mayning ferma» o‘rnatib, oyiga 900 dollarlik kriptovalyuta ishlashdi. Qo‘shimchasiga uyini ham isitishdi.
Jurnalistlar «Comino» kompaniyasidan tayyor «mayning ferma» sotib olishdi. ASUS Mining P106-100 6G — sakkiz videokartalik kompyuter bo‘lib, maxsus «mayning» (pul ishlab topish) uchun yaratilgan.
Uni uch kulerlik va maxsus suvli sovutish tizimli temirdan yasalgan ixcham korpusda yig‘ishgan.
Kompyuterda «Ubuntu» tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, maxsus «mayning» uchun modellashtirilgan. Shuning uchun uni elektr tarmog‘i va internetga ulab, elektron hamyonni qo‘shib qo‘yish, kifoya.
Bir oyda ferma 1,2 «efir» (Ethereum) «mayning» qildi — 900 dollar ishlab topdi.
Bu ham yetmaganidek, jurnalistlar bu «xazina» kompyuter evaziga isitish tizimidan ham iqtisod qilib qolishdi. Tizim doimiy 60 daraja haroratda ishlab turdi. Qishi unchalik qattiq kelmaydigan amsterdamlik muharrirlar uchun bitta xona haroratini me’yorida saqlab turishga shuning o‘zi yetarli bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter