Vodorodda yuruvchi dunyodagi birinchi poyezd ishga tushirildi

«Belnovosti.by» xabar berishicha, Germaniyada fransuzlar vodorod yonilg‘isida yuruvchi dunyodagi birinchi poyezdni ishga tushirishdi.
«Coradia iLint» deya nomlangan ushbu poyezd sinovi muvaffaqiyatli o‘tganini «Deutsche Welle» ham xabar berdi.
Bugun, 17-sentyabrdan ushbu poyezd Germaniyaning Quyi Saksoniya va Bremen federal yerlari o‘rtasida qatnay boshlaydi.
Vodorodli poyezdni ishlab chiqarishdan maqsad — atrof-muhitni asrash. Yangi poyezd ekologik jihatdan toza, chunki kerakli elektr toki vodoroddan olinadi.
Bir yonilg‘i olishda «Coradia iLint» 1000 kilometr masofani bosib o‘tadi, eng yuqori tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter