Vetnam 5G-aloqa bilan To‘rtinchi sanoat inqilobini amalga oshirmoqchi
Vetnam axborot vaziri Nguyen Man Xung mamlakat tez orada 5G-aloqani joriy etishini bildirdi. Vazirning aytishicha, bu nafaqat Vetnam, balki jahon telekommunikatsiyalar sohasi uchun ham katta sakrashdir. Bu haqda «Regnum» axborot agentligi xabar bermoqda.
Yangi tarmoq 4G-standartga nisbatan ma’lumotlarni 50-100 karra tez uzatadi. Mamlakatda chop etiladigan «Tuoi Tre» nashrining yozishicha, 5G ning joriy etilishi Vetnamdagi To‘rtinchi sanoat inqilobining ajralmas va istiqbolli qismi sanaladi.
«Viettel» kompaniyasi strategik direktori Nguyen Vu Liuning aytishicha, 5G-tarmoqning bir kvadrat kilometr qoplamida bir paytning o‘zida milliontagacha qurilmani ishlatsa bo‘ladi.
Vetnam hukumati 5G-aloqani 2020-yilda ishga tushirishni rejalashtirgan. 2019-yili tarmoq texnik sinovdan o‘tkaziladi. Mamlakat radiochastotalar boshqarmasi ushbu tarmoqda texnik muammolarning oldini olish uchun unga alohida chastota ajratdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter