Vazirliklarning ochiqlik reytingi tuzildi
O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu reytingda 2-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining milliy OAVlardagi mediafaolligi bo‘yicha reytingi tuzildi.
Qayd etilishicha, 2022 yilning 31 dekabr holatiga ko‘ra tuzilgan mazkur reyting O‘zbekistonda yetakchi hisoblangan 50 ta OAVda e’lon qilingan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahliliga asoslandi. Yakuniy reyting O‘zbekiston Respublikasidagi 30 ta vazirlik va davlat qo‘mitalarining faoliyatini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Reyting ko‘rsatkichlari davlat idoralari matbuot xizmatlari va mansabdor shaxslarining keng jamoatchilik e’tiborini tortgan faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni milliy ommaviy axborot vositalarida yoritishda faollik darajasini aks ettirishini nazarda tutadi.
Yakuniy ko‘rsatkichlarni tuzishda u yoki bu vazirlik faoliyati to‘g‘risida e’lon qilingan original materiallar, e’lon qilingan axborotning auditoriyasi, turi, tonalligi (salbiy, neytral yoki salbiy), axborotga nisbatan izohlar soni, ko‘rishlar soni va boshqalar inobatga olingan.
№ |
Vazirlik va qo‘mitalar |
Axborot ochiqligi indeksi |
1. |
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi |
12 123 |
2. |
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
11 215 |
3. |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi |
11 201 |
4. |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
10 214 |
5. |
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
8 549 |
6. |
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
8 491 |
7. |
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi |
8 419 |
8. |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi |
8 196 |
9. |
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
8 192 |
10. |
O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi |
7 112 |
11. |
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi |
7 086 |
12. |
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
6 980 |
13. |
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi |
6 834 |
14. |
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi |
6 547 |
15. |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
6 485 |
16. |
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi |
6 276 |
17. |
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
6 182 |
18. |
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi |
6 104 |
19. |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi |
5 983 |
20. |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi |
5 974 |
21. |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi |
5 945 |
22. |
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
5 804 |
23. |
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi |
5 754 |
24. |
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi |
5 737 |
25. |
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi |
5 674 |
26. |
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi |
5 552 |
27. |
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi |
5 489 |
28. |
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
5 447 |
29. |
O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi |
5 442 |
30. |
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi |
5 270 |
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 yanvardan bir qator vazirliklar birlashtirilib, ayrimlarining nomlanishi o‘zgardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter