Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir yoshlar bilan «galstuksiz» gaplashdi (foto)

Vazir yoshlar bilan «galstuksiz» gaplashdi (foto)

Foto: Xabar.uz

Bugun, 13 fevral kuni IT-Park shou-rumida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov axborot texnolgiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar bilan uchrashgani haqida xabar bergandik.

Uchrashuvda respublikaning barcha hududlari videokonferensaloqa orqali ulangan holda qariyb 400 nafardan ortiq sohada faoliyat yuritayotgan yoshlar, talaba-o‘quvchilar, soha tashkilotlari rahbar-xodimlari ishtirok etdilar. 

Vazir pandemiya sharoitida axborot texnologiyalari sohasining ahamiyati qanchalik yuqori ekani o‘z isbotini topganini qayd etdi.

«Pandemiya davrida barchamiz – bir tomondan, shifoxonalar, poliklinikalar, davolash muassasalari va dorixonalarga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan kundalik hayotimiz, ijtimoiy soha, ta’lim, aholi bandligini ta’minlash, onlayn-ish rejimini tashkil etishda AyTi sohaning naqadar muhimligiga yana bir bor amin bo‘ldik», – dedi soha rahbari.

Shuhrat Sodiqov davlatimiz rahbarining yoshlar masalalariga e’tibori haqida to‘xtalib, prezidentning «Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi!» degan satrlarni yodga oldi. 

«Bu so‘zlar shunchaki oddiy so‘zlar emas. Buning tag zamirida bugun sizlarga yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlar, berilayotgan e’tibor, yoshi kattalarning sizlarga bo‘lgan havasi yotibdi, deb o‘ylayman.

Bu ham bo‘lsa yoshlarga oid siyosatni davlat darajasigacha olib chiqilishi yoshlarga bo‘lgan e’tiborning yaqqol namunasidir», – ta’kidladi vazir.

Uchrashuvda qayd etilishicha, tadqiqotlarda shaxsning 3 yoshidan 22 yoshigacha bo‘lgan davrida unga sarflanadigan investitsiya kelgusida 19-22 barobar ko‘p foyda berishi aniqlangan.

Shu sababli, barcha yoshlar kelajagi uchun mas’ul ekani aytib o‘tildi. Yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini hayotga tatbiq etish, taklif va muammolarni muhokama qilishda rahbariyat va yoshlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashi uchun vazir maslahatchisi saylandi.

Bugungi kunda sohada 28 mingdan ziyod xodim faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 7 ming 359 nafari (qariyb 26 foizi) 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi.

Ularning 56 nafari chet el oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan.

Ayni paytda vazirlik tizimida 3 ta oliy o‘quv yurti (TATU, Inxa va Amiti universitetlari) hamda 5 ta filial (Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Urganch, Nukus),ta texnikum faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yil 14 ta hududda bittadan AyTi maktab tashkil etildi (qariyb 10 mlrd.so‘mdan ziyod soha korxonalari mablag‘lari jalb qilindi).

Ta’lim yo‘nalishida, umuman olganda AyTi sohada Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Belarus kabi qator davlatlarning ta’lim muassasalari va ekspertlari bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirda xorijlik ekspertlarga ham so‘z berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring