UZTELECOM mobil tarmog‘i abonentlari soni 7 millionga yetdi
UZTELECOM mobil tarmog‘i abonentlari soni yetti millionga yetganligi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda AKT vazirligi axborot xizmati.
Shu munosabati bilan «O‘zbektelekom» AK filiali «O‘zMobayl»ning markaziy ofisida faxriy abonentni tantanali tabriklash va esdalik sovg‘alarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Omadi kulib boqqan yetti millioninchi abonent Asliddin Rajapov bo‘ldi.
«Mazkur ahamiyatli ko‘rsatkichga erishganligi kompaniyaning sa’y-harakatlariga aholi tomonidan yuqori baho berganligi dalilidir. Bu yerda kompaniya mutaxassislarining ulkan mehnati va qo‘shgan hissasi turibdi.
Ta’kidlash kerakki, 2020 yil «O‘zbektelekom» AK uchun muhim voqealarga boy bo‘ldi – kompaniyaning filiali «O‘zMobayl» GSM mobil aloqasi ishga tushirilishining 5 yilligini nishonlagandi.
Bundan tashqari, o‘tgan yilda «O‘zbektelekom» AK milliy operatori o‘z tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish va barcha tayanch stanwiyalarini butun respublika bo‘ylab 4G texnologiyasiga o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirdi. Yil davomida butun O‘zbekiston bo‘ylab 600 dan ortiq tayancha stansiyalari ishga tushirildi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter