«Uzonline»dagi uzilishlarga nima sabab bo‘ldi?
Bugun, 20-avgust kuni «Uzonline» provayderi foydalanuvchilari internetga kirishda (ayniqsa, TAS-IX hududidagi saytlarga) muammolarga duch keldilar. Shuningdek, Uzcard terminallarining ishida ham uzilishlar kuzatildi.
«O‘zbektelekom» AK saytida ma’lum qilinishicha, kompaniya magistral tarmoqlardan birida yuzaga kelgan avariyani bartaraf etgan.
Qayd etilishicha, ayni paytda muammolar bartaraf etilgan. Tarmoq shtat rejimida ishlamoqda. Kompaniya vaqtinchalik noqulayliklar uchun foydalanuvchilardan uzr so‘ragan.
Shuningdek, «O‘zbektelekom» kompaniyasi «Uzcard» matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarlarni rad etdi.
«Internetga ulanishda muammolarga sabab bo‘lgan 20-avgustdagi avariya doimiy emas, balki vaqtinchalik ahamiyat kasb etib, uning «O‘zbektelekom» avvalroq tarqatgan 19-avgustdan 30-avgustgacha kechki rejali profilaktika ishlariga hech qanday aloqasi yo‘q», — deyiladi kompaniya axborotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter