«Uzonline» o‘z abonentlariga 27 tun cheksiz internet taqdim etadi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi o‘ziga xos sovg‘a tayyorladi. «Uzonline» provayderining faol abonentlari uchun yangi xizmatni ishga tushirdi.
«Night Unlim-27» deb nomlanuvchi ushbu xizmat doirasida faol abonentlar uchun 27 tun davomida 2 Mb/s tezlikda cheksiz internet va Tas-IX taqdim etiladi. Mazkur xizmat 2018-yil 27-avgustdan 22 sentyabrgacha bo‘lgan muddatda, soat 00:00 dan 12:00 gacha amal qiladi.
Mazkur aksiya faqat jismoniy shaxslar uchun bo‘lib, «Night Unlim-27» xizmatining barcha qo‘shimcha shartlari «Night Unlim» xizmati shartlariga muvofiq amal qiladi.
Eslatma: «Night Unlim-27» xizmatining to‘g‘ri narxlanishi va internet tezligini tegishlicha o‘zgartirish uchun joriy sessiyani soat 00:00 ga yaqin to‘xtatish, ya’ni internetni uzib turish lozim. Soat 00:00 dan so‘ng internetga qaytadan ulanib, foydalanishda davom etilsa, shunda xizmat to‘g‘ri ishlaydi va narxlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter