Uzcard POS-terminallari «UnionPay» kartalarini qabul qilishni boshladi
Endilikda O‘zbekiston bo‘ylab Uzcard POS-terminallari «UnionPay» kartalarini ham qabul qila boshladi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi xabar berdi.
So‘ngi xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha UPI kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi terminallar tarmog‘i o‘rtacha 150 000 tani o‘z ichiga oladi.
Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda O‘zbekistonning bir qancha banklari «UnionPay International» xalqaro to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanishadi.
«Mazkur loyihaning kelajakdagi rivoji «UZCARD» banklararo to‘lov tizimi hamda «UnionPay International» xalqaro to‘lov tizimi o‘rtasidagi kompleks hamkorligi yo‘lida muhim strategik qadam bo‘lib xizmat qiladi», deyiladi kompaniya ma’lumotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter