Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Urgutda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Foto: «Xabar.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan respublikaning barcha shahar va tumanlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, robototexnika va kibersport to‘garaklarini mujassam etgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

Bugun, 29-sentyabr kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida ham shunday markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi A.Turonov, hokimning yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari I.Jabborov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev, vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari rahbarlari, tuman faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi.

Shuningdek, mazkur markazda tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring