Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UMS sayyohlar uchun tarif rejalarini ishga tushirdi

UMS sayyohlar uchun tarif rejalarini ishga tushirdi

Foto: «Terabayt»

UMS mobil operatori O‘zbekistonga kirib kelayotgan xorijiy turistlar uchun maxsus tarif rejalarini tijoriy foydalanishga topshirdi. Yangi tarif rejalari kompaniyaning rasmiy hamkori – «Uzbekistan Pass» onlayn servisining ochilish marosimida taqdim etildi, deb xabar berdi «Terabayt».

«Uzbekistan Pass» onlayn servisi mehmonxonalarga oldindan buyurtma berish, turistik marshrutlarni tanlash, aviachiptalar va temir yo‘l chiptalari, turpaketlarni onlayn tarzda xarid qilish, transfer xizmatlari va avtotransportni ijaraga olish, diskont (chegirmalar) dasturi, kunu tun turistlarni qo‘llab-quvvatlash kabi xizmatlarni o‘z ichiga olgan.

UMS uyali aloqa operatori «Uzbekistan Pass» servisining rasmiy hamkorlaridan biri sifatida xorijiy sayyohlar uchun maxsus tarif rejalarini ishlab chiqdi. Ularga 30 martdan boshlab ulanish imkoniyati paydo bo‘ldi, buning uchun chet el fuqarolari o‘z pasportlarining asl nusxasini va unga O‘zbekistonga kirib kelganliklarini tasdiqlovchi chegara xizmati tomonidan qo‘yilgan qaydini taqdim etishlari kerak, xolos. Tarif rejalariga ulangan kundan boshlab 30 kun ichida ulardan foydalanish mumkin.

Foto: «Terabayt»

Turistik tarif rejalaridan birinchisi – «Uzbekistan Pass 2000» tarifi bo‘lib, u 2000 megabayt va 50 daqiqani o‘z ichiga olgan. Uning abonent to‘lovi atigi 21 ming so‘m. Ikkinchi tarif rejasi – «Uzbekistan Pass 5000» bo‘yicha esa 42 ming so‘m evaziga 5000 megabayt va 100 daqiqa beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring