«UMS» kompaniyasi bahorning o‘zidayoq 9 ta yangi tarifni taqdim qiladi
«UMS» mobil kompaniyasi o‘zining «Facebook»dagi rasmiy sahifasida yozishicha, kompaniya shu bahorning o‘zidayoq to‘qqizta yangi tarif rejasini yo‘lga qo‘ymoqchi.
Ularning ikkitasi 2018-yilning 7-mart kuni taqdim qilindi. Endi yana yettita yangi tarif rejasi ishga tushiriladi.
Ishga tushirilgan tarif rejalari «Optimal» hamda «Optimal+» deb nomlangan. Abonentlar ko‘proq so‘zlashuvlardan foydalanishi yoki internet ishlatishidan kelib chiqqan holda ulardan biriga ulanishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter