UMS mobil aloqa operatori bosh direktori boshqa lavozimga tayinlandi
UMS mobil aloqa operatori bosh direktori Sirojiddin Faxrutdinov «O‘zbektelekom» AK «Telekom kabel» MChJ direktori lavozimiga tayinlandi. Katta tajribasi inobatga olinib, uning zimmasiga MChJ ish faoliyatini jadallashtirish, kabel zavodini ishga tushirish vazifasi topshirilgan.
Sirojiddin Faxrutdinov — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti bitiruvchisi (1978−1983-y.), ixtisosligi bo‘yicha aloqa muhandisi.
UMS bosh direktori lavozimiga o‘tgan yilning fevral oyida tayinlangan edi.
U bundan oldin «O‘zbektelekom» AK tarkibiga kiruvchi «TELMAX ELECTRONIKS» MChJga rahbarlik qilgan. Avvalroq «Koinot» OAJni ham boshqargan.
«Universal Mobile Systems» MChJ bosh direktorining boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan kompaniya texnik direktori uning vazifasini vaqtincha bajarib turadi.
Eslatib o‘tamiz, UMS kompaniyasi 2014-yilning 1-dekabrida tijoriy faoliyatini boshlagan. «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye» davlat unitar korxonasi UMS mobil kompaniyasining ta’sischisi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter