Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» rezidentlari bank amaliyotlarida uchraydigan byurokratik to‘siqlardan ozod bo‘ladi

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» rezidentlari bank amaliyotlarida uchraydigan byurokratik to‘siqlardan ozod bo‘ladi

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi va AT «Aloqabank» o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Foto: «MUIC»

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi va AT «Aloqabank» o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

2018-yilning yanvaridan boshlab «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi rezidentlari, «Rezident» imtiyozli tarifi ostida amal qiladigan, o‘zida «boshidan oxirigacha» barcha bosqichlarni mujassam etgan bank xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Ushbu xizmat AT «Aloqabank» mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqildi va u rezidentlarga qator ustunliklar, imtiyozlarni taqdim etadi. Eng muhimi, ularni bank amaliyotlarini amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha byurokratik masalalardan ozod qiladi.

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb nomlangan 2018-yilda Innovatsiya markazi ishonchli vakil sifatida valyuta hisobini ochishdan boshlab, eksport-import operatsiyalarni amalga oshirishgacha bo‘lgan bank xizmatlari bilan bog‘liq masalalarda rezidentlarning manfaatlarini himoya qiladi.

Shuningdek, Innovatsiya markazi xodimlari AT «Aloqabank» mutaxassislari bilan hamkorlikda IT-sohasidagi startap-loyihalarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish mexanizmlarini aniqlashtirish va investitsiyalarni jalb etish o‘yicha konsultatsiyalar beradi.

Ko‘rilayotgan choralardan asosiy maqsad — rezidentlarni byurokratik to‘siqlarni mustaqil ravishda yengib o‘tish shartidan ozod qilgan holda, ularning ishlarini maksimal darajada yengillashtirish va IT-kompaniyalar uchun faqatgina o‘z faoliyatlari bilan shug‘ullanishiga imkoniyat yaratishdir.

Farhod Ibragimov,
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi direktori.

Bundan tashqari, eksport-import amaliyotlarini amalga oshirishda rezidentlar to‘qnash keladigan amaldagi qiyinchiliklarni aniqlash, ularni yechish yo‘llarini ko‘zda tutish va keyinchalik qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishda ko‘maklashiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring