Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell’ning yangi qadriyatlari: Kompaniya kelajagi poydevori (video)

Bugun mamlakatdagi telekommunikatsiya sohasining eng yirik investorlari, soliq to‘lovchilari va ish beruvchilaridan biri bo‘lgan COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) o‘zining 27 yilligini nishonlamoqda.

2022 yilda Ucell aloqa operatori tarmoqni modernizatsiya qilishga 111,5 million dollar sarmoya kiritdi.

2023 yilning 5 oyi davomida investitsiyalar qiymati 43,5 million dollarni tashkil etdi. Shuningdek, yangi baza stansiyalari qurilib, mavjud stansiyalar modernizatsiya qilinmoqda, yangi texnologiyalar joriy etilyapti, mijozlarga qulay tarif va xizmatlar taklif qilinmoqda.

Ikki bayram oralig‘ida: 2022 yil iyun oyidan 2023 yilning iyunigacha Ucell tarmog‘ida 3805ta yangi baza stansiyalari tijoriy foydalanishga topshirildi, jumladan:

– 2G formatidagi 647ta stansiya, ovozli aloqa;

– 3G formatidagi 758ta stansiya, ovozli aloqa va ma’lumotlarni uzatish;

– LTE 4G formatidagi 2378ta stansiya, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish;

– 5G formatidagi 22ta stansiya, beshinchi avlod mobil aloqasi.

Yangi davr va qiyinchiliklar biznesga yangicha yondashuvni talab qiladi.

Ucell kompaniyasining yangi missiyasi, maqsad va qadriyatlari ishlab chiqildi, ular bugun, Kompaniya kunini nishonlash vaqtida ishchi guruh tomonidan O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan kelgan hamkasblarga taqdim etildi.

Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori:

«Zamonaviy raqamli dunyoda telekommunikatsiya kompaniyasi nafaqat yuzlab million dollarlik investitsiyalar, ilg‘or texnikalar, eng yangi texnologiya va uskunalarni anglatadi. Avvalo, ular malakali, o‘z maqsadiga ega insonlardir. Ulkan vazifalarni faqatgina yagona umumiy g‘oya ostida birlashgan o‘zaro hamfikr jamoalar muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Biz 27 yildan buyon O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga, mobil aloqa yordamida abonentlar hayotini yaxshilashga hissa qo‘shib kelmoqdamiz».

Sabina Nosirova, moddiy-texnik hisob guruhi mutaxassisi:

«Bugun kompaniyada o‘ziga xos kun. Bosh direktorning nutqi va taqdimotdan so‘ng biz qayerga borayotganimizni, nimaga qarab intilayotganimizni yanada aniqroq tushunib yetdik. Men hamkasblarim ham bu hislarni boshdan kechirayotganiga aminman va bunga guvoh bo‘lib turibman. Maqsadlar bizni birlashtiradi: ular aniq, yuksak va erishish mumkin».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring