Ucellda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi o‘zgacha nishonlandi (video)
Mamlakatimizda buyuk mutafakkir va shoir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda. COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) ham shu munosabat bilan bir qator tadbirlarni tashkil etdi.
Tadbirdan videolavha
Kuni kecha Ucell-Plazaning bosh ofisida she’riy muhit hukm surdi: folklor ansambli Alisher Navoiyning g‘azallarini ijro etdi, ofis xodimlari va mehmonlarini milliy libosdagi qizlar kutib olishdi.
Poytaxt markazidagi Ucell ofisi oldidan o‘tayotganda ko‘pchilik katta ekrandagi suratni ko‘rgan bo‘lsa kerak. Unda Toshkentdagi Alisher Navoiy haykallaridan biri tasvirlangan. Dunyoda Alisher Navoiyga bag‘ishlangan bir qancha yodgorliklar mavjud: Moskva, Minsk, Boku, Tokio, Vashington, Shanxay va Dushanbeda. O‘zbekistonda Navoiy yodgorligini barcha shaharlarda uchratish mumkin. Bir oy ichida kompaniyaning hududiy filiallari shoir yodgorligidan fotosuratlarni yuborishdi. Har hafta korporativ pochta orqali xodimlar yodgorliklardan biri bilan tanishtirildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining veb-saytidan shoir kitoblarining asl qo‘lyozmalari rasmlari ko‘chirilib, Ucell-Plazadagi ekranlarda namoyish etildi.
Sevara Latipova, jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi mutaxassisi:
— Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy merosi chuqur va ko‘p qirrali: bu hayotning o‘ziga xos ensiklopediyasi. Bolalikdanoq uning g‘azal va ruboiylarini taniqli xonandalar ijrosida radio va televideniyeda, konsertlarda tez-tez eshitib turamiz. Uning ko‘plab hikmatlari shu qadar ommabopki, ba’zida ular shoirga yoki xalqqa tegishli ekanligini bilmay qolasiz. Navoiyning asarlari bugungi kunda ham dolzarbdir. Uning qahramonlari hozirda ham ibratli. Ucell an’analari ruhida biz buyuk shoirning 580 yilligini keng nishonlashga, ofisda ijodiy muhit yaratishga, milliy ruhiyat va g‘ururni ko‘tarishga harakat qildik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter