«Twitter» «layk»rdan voz kechmoqchi
«Twitter» mikrobloglar servisi ma’muriyati «Layk» tugmasini olib tashlamoqchi. Bu haqda 29-oktyabr kuni «The Telegraph xabar berdi.
Nashrning yozishicha, o‘tgan haftada «Twitter» asoschisi Jek Dorsi tadbirlarning birida servisdagi yurakcha shaklidagi tugma o‘ziga yoqmasligini bildirgan va yaqin vaqt ichida undan voz kechilishi mumkin.
«Twitter» rasmiy blogi nashrga tezda javob qaytardi. Aytilishicha, «servisda foydalanuvchilarni sog‘lom suhbatga tortish uchun barcha narsa qayta ko‘rib chiqiladi, jumladan, «Layk» tugmasi ham. Biroq bu ish hali boshlang‘ich bosqichda, shuning uchun ham kompaniya hozircha ma’lumot bera olmaydi».
Eslatib o‘tamiz, «Layk» tugmasi «Twitter»da 2015-yili joriy etilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga o‘zlariga yoqqan tvitlarni qo‘shish vazifasini bajaruvchi «Tanlanganlar» funksiyasining o‘rnini egallagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter