«Twitter» ishlamay qoldi
![«Twitter» ishlamay qoldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1607837577.jpg)
«Life» yozishicha, dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar «Twitter»ning uzilib ishlashidan shikoyat qilishdi. Ommaviy internet-resurslar ishini kuzatib boruvchi «Downdetector» servisi sahifasi ham bunga shohidlik beradi.
Ta’kidlanishicha, muammo AQSh sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan juma kuni soat 22:41 dan (bizning vaqt bilan bugun, 18-avgust kuni soat 7:41 dan) boshlangan.
Ijtimoiy tarmoqning ishlamay qolishi, ayniqsa, AQSh, Rossiya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Polsha va Yaponiyada yashovchilarni mushkul ahvolga solib qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter