Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch viloyatda aholi elektrsiz qoldi

Uch viloyatda aholi elektrsiz qoldi

O‘zbekistonning uch hududida elektr uzilishlari vujudga keldi. Energetika vazirligi bunga noqulay ob-havo sharoitini misol qilib keltirdi. 

Respublika hududlarida kuchli shamol va yomg‘ir (qor) yog‘ishi natijasida ayrim elektr tarmoqlarida kichik nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida:

- Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, G‘uzor, Shahrisabz, Yakkabog‘, Kitob va Qarshi tumanlari qisman (jami 5 430 ta iste’molchi);

- Samarqand viloyatining Nurobod, Pastdarg‘om va Ishtixon tumanlari qisman (jami 3 500 ta iste’molchi);

- Jizzax viloyatining Forish va Sh.Rashidov tumanlari qisman (jami 950 ta iste’molchi) elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring